Marmar

Marmar– metamorfizm ta’sirida ohaktoshdan paydo bo`lgan kristalli tog` jinsi. Oq, kul rang, pushti va boshqa ranglarda bo`ladi. Oson arralanadi va yaxshi silliqlanadi. Asosan devorlarni qoplash uchun ishlatiladi. Mayda donador oq turidan haykal ham ishlanadi. Uralda, Kavkazda, O`zbekistonda (G`ozg`on) konlari bor.