Marmar
Marmar (lot. marmor, Yun. Marmaros — yaltiroq tosh so’zidan) — kri- stalli tog’jinsi. Ohaktosh yoki dolo- mitning to’la qayta kristallanishidan hosil bo’lgan. Mineral donachalarining o’lchamiga qarab (0,05 — 2,25 mm) mayda, o’rtacha va yirik donachali M.lar farq qilinadi. Mayda donachali M. sifatli hisoblanadi, chunki unda g’ovak va darz- lik kam. M.ningtarkibi, asosan, kaltsit (SaSO3)dan iborat, ozroq MgO, G’eO, G’e2O3. MPO, A1O2 va A12°z bo’ladi. Tar- kibida MgO ko’p bo’lgan turi dolomitli M. deb ataladi. M.ga boshqa minerallar (kvars, xaltsedon, limonit, xlorit, Gema- tit, pirit va b.), shuningdek, organik bi- rikmalarning kup qo’shilganligi uning xossalarini (mustahkamligi, rangi, zich- ligi va h.k.) keng diapazonda o’zgarishiga sabab bo’ladi. M.ga kvars qo’shilgan bo’lsa uning mustahkamligi ortadi, bi- nobarin ishlov berish ham qiyinlashadi. Qo’shimchalar M.ning sifatini yo oshi- radi yoki kamaytiradi. Strukturasi bir xil bo’lgan M.lar sovuqqa chidamli bo’ladi. Qurilish amaliyotida M. deb sayqal berish mumkin bo’lgan o’rtacha qattiqlikdagi metamorfik jinsga ay- tiladi; bular — marmar, marmarlashgan ohaktosh, zich dolomit, ofikaltsit, kar- bonatli brekchiya va kar-bonatli konglo- meratlar. M.ning rangi (qizil, pushti, sarg’ish, qo’ng’ir, yashil, jigarrang, qora, kulrang, oq) turli xil kimyoviy va mexa- nik aralashmalarga bog’liq. M.ning fizik xossalari: zichligi 1900-2800 kg/m3, siqishga mustahkamlik chegarasi 10,0— 25,0 MPa, sinishga chidamlilik chegarasi 10-30 MPa, suv shimuvchanligi 0,15— 0,50%, g’ovakligi 1%gacha. Qattiqligi 3-4. M.ning bir tekis oq yoki qora ran- glisi juda qadimdan xaykaltaroshliqda ishlatilib kelinadi. O’zbekistonning qad. Samarqand, Buxoro, Xiva, Qo’qon va b. shaharlaridagi me’moriy obidala- rida M.ning katta xarsang toshlaridan tortib, to mayda M. oniksi plastinka- larigacha ishlatilgan. Toshkent sh.dagi ko’pgina teatr, ma’-muriy binolar va metropoliten st-yalarida O’zbekiston M. ishlatilgan. M. karerlarda, kam hollarda er ostidan qazib olinadi. Yaxlit katta bo’laklar tosh qirquvchi mashinalar, maxsus arralar yordamida qirqib olinadi. M. konlari O’zbekiston (G’ozg’on, Ko’kpatos, Omonqo’ton, Og’aliq va b.), Kozog’iston, RF (Kareliya, Ural, Sibir), Armaniston, Italiya, Gresiya, Kuba, Frantsiya, Norvegiya, AQSh va b. mamlakatlarda mavjud. O’zbekistonda sanoat ahamiyatiga ega bo’lgan M. konlari: G’ozg’on (yiliga 12 ming m3), Nurota (0,8 ming m3), Zarband (7 ming m3), Tomchiota (1,4 ming m3), Ko’chat (2 ming m3), Makrid (0,4 ming m3), Qaxralisoy (Qoraqalpog’istonda) (1 ming m3) va b. M.ning sanoat zaxirala- ri 50 mln. m3dan ziyod (2000). M. qazib oluvchi va ishlov beruvchi yirik korxo- nalar: “O’zsanoatqurilishmateriallari” AJ, “Qizilqumnodirmetalloltin” va “O’zavtoyo’l” davlat aktsiyadorlik kompa- niyalari.