“Mars”

“Mars” — Mars va kosmik fazoni urganish uchun uchirilgan SSSR sayyorala- raro avtomatik kosmik st-yalarning nami. 1962-77 y.larda 7 ta “M”. uchirilgan. Bortida radiotexnika asboblari, Avto- mat st-yani Marsga tushiruvchi apparat, quyosh batareyalari, raqamli hisoblash mashinasi, teleskop, fototelevizion kamera va b. apparatlar o’rnatilgan. Tu- shiruvchi apparat ekran-vakuum issiklik izolyasiyasi, ATM. bosimini o’lchaydigan asboblar va b. b-n jihozlangan. M. eltuv- chi raketalar yordamida uchirilgan. “M-1” yordamida (1962) er b-n Mars orbita- lari orasidagi kosmik fazoning fizik xossalari, kosmik nurlanish intensiv- ligi va fazoning boshqa fizik xossalari o’rganildi. “M-2” va “M-3” (1971) Mars sirtining tuzilishi, radionurlanishi, magnit maydoni va b. o’rganildi. “M-3” Sayyora sirtiga qo’ndiriladigan ilmiy kuzatuv apparatni ham etkazdi. Ular 8 oy davomida Mars atmosferasi, sirtqi qatlamning harorati, suv bug’i mikdo- ri va b.ni tekshirdi. “M-4” 1973 y.da Mars sirtini fotosuratlarga tushirdi. “M-5” (1974) Mars sirtiga qo’ndirilgan apparatlarning joyini fotosuratlarga oldi. “M-6”, “M-7” (1974) Mars sirti- ga AP-paratlarni ohista qo’ndirdi va at- mos-ferani tekshirdi. Ular Marsning sun’iy yo’ldoshi orbitasida va uning sirtida turib, televizion tasvirlarni Erga etkazish masalalarini sinovdan o’tkazdi. Bundan tashqari, kosmik appa- ratlar yordamida olingan fotosuratlar- da Mars sirtidagi yil fasllariga qarab o’zgaradigan qoramtir sohalarning chega- ralari erdan turib olingan fotosurat- larga o’xshamasligi, ular asta-sekin yorug’ sohalarga tutashib ketishi aniqlandi.