Marshak Samuil Yakovlevich
Marshak Samuil Yakovlevich (1887.22.10, Voronej – 1964.4.7, Moskva) — rus shoiri, 20-a. rus bolalar adabiyoti asoschilaridan. M.ning “Jek qurgan uy”, “Bolalar qafasda”, “ahmoq sichqoncha haqida ertak” she’riy kitoblari 1923 y.da nashr qilingan. M. 1933 y.da “Mi- ster Tvister” hajviy pamfletini yarat- Di. “Noma’lum qahramon haqida hikoya” romantik dostoni (1938)da yangi davr qahramonlarining jasorati ifodalan- gan. “Harbiy pochta” (1944), “har xil rangli kitob” (1947), “yil bo’yi” (1948), “A dan ya gacha zavqli sayohat” (1953) she’- riy kitoblarida bolalarning o’ziga xos tabiati, adabiyot haqidagi falsafiy fikrlari o’z ifodasini topgan. Uning “Un ikki oy”, “aqlli asar”, “mushuk- voyning uyi” ertak-pesalari mashhur. M. “Hayot bo’sa-g’asida” avtobiografik qissasi (1960) va “tarbiyaviy so’zlar bilan” maqolalar to’plami (1961), “tan- langan she’rlar” (1962) asari mual- lifi. Asarlari o’zbek tiliga tarjima qilingan. As: she’r va ertaklar, T., 1959; yong’in, T., 1959; Styopa amaki, T., 1960; ahmoq sichqoncha haqida ertak, T., 1961. Ad.: Smirnova V., S. Ya. Marshak, M., 1954; Galanov B. E., S.Ya.Marshak. Jizn i tvorchestvo, 4 izd., M., 1965; S ar no v B., Samuil Marshak (ocherki poezii), M., 1968.