Marshall (Marshall) Alfred
Marshall (Marshall) Alfred (1842.26.7. London – 1924.13.7, Kem- Brij) — ingliz iqtisodchisi, kem- Brij untining siyosiy iqtisod prof. (1885-1908). Iqtisodiyotdagi neoklas- sik yo’nalishning Kembrij maktabi asoschisi. M. “Siyosiy iqtisod” o’rniga siyosiylashmagan “ekonomike” atamasini kiritdi. U o’z asarlarida xo’jalikning ideal modeli “mukammal raqobat” tu- fayli vujudga kelishi mumkinligini ko’rsatadi. Xarajatlar, talab va taklif, mehnat unumdorligi to’g’risidagi naza- riyalarni 19-a. oxirida keng tarqalgan me’yoriy naflilik (chegaraviy naf) naza- riyasi b-n qo’shishga xarakat qilgan. Unga kura bozor narxi eng yuqori (chegaraviy) naf asosida aniqlanadigan talab nar- XI va eng yuqori xarajatlar b-n topi- ladigan taklif narxi chiziqlarining kesishish nuqgasi (“Marshall xochi” deb yuritiladi). Talab va taklif chiziqlari kesishgan joyda mahsulot miqsori va narx orasidagi muvozanat, mo”tadillik o’rnatiladi. M. tovar qiymati sarf- langan ijtimoiy mehnat b-n o’lchanishi haqidagi qarashlarni qat’iyan rad etdi. Asosiy asarlari: “zamonaviy ti- joratning sof nazariyasi” (1879), “Iqtisodiyot printsiplari” (1890), “sa- noat va tijorat” (1919).