Marsinkyavichyus Yustinas Moteyaus

Marsinkyavichyus Yustinas Moteyaus (1930.10.3, Vajatkemis qishlog’i, hoz. Prenay tumani) — lit- va xalq shoiri (1978). Ilk she’rlar to’plami — “so’z so’rayman” (1955). Do- ston (“yigirmanchi bahor”, 1956; “qon va kul”, 1960; “devor”, 1965) va drama- tik dostonlariga (“Mindaugas”, 1968; “Ibodatxona”, 1971; “Majvidas”, 1977) ramziy obrazlilik, falsafiy va ijti- moiy epik problematika xos. “Publi- tsistik Doston” (1963), “Donelaytis” (1964) dostonlari, “G’allakor qo’llar” (1963), “yog’och ko’priklar” (1966) va b. she’riy to’plamlarida Litva xalqi hayoti haqidagi o’ylari aks etgan. “Ku- luvchan qarag’ay” qissasi (1961) yoshlarga bag’ishlangan. Bolalar uchun bir qancha asarlar yozgan. “Mindaugas iztirobi” dramatik dostoni (1979) va turkum she’- rlari o’zbek tiliga tarjima qilingan.