MARTEN ISHLAB CHIQARISHI

MARTEN ISHLAB CHIQARISHI Marten pechidya cho’yan, temirtersak va te- Mir rudasidan po’lat ishlab chiqaruvchi tarmoq; qora metallurgiyankt bir sohasi. 19-a. oxirida oldin Frantsiyada, keyin Rossiyada tarqala boshladi, keyinchalik taraqqiy etgan mamlakatlarga yoyiddi. O’zbekistonda birinchi M. i. ch. 1944 y.da shakllana boshlagan (Bekobod Metallur- giya z-dida 1944, 1945 va 1949 y.larda 3 ta Marten pechi ishga tushirilgan). M. i. ch.da ishlatiladigan xom ashyo (shixta) me- Tall (suyuq va qattiq cho’yan, temirtersak, oksidlovchi va legirlovchi elementlar) hamda metallmas (temir rudasi, Marten aglo-merati va flyus) tashkil etuvchilar- dan iborat bo’ladi. Korxonaga keltiril- gan qattiq xom ashyo pechda 1000-1200° da qizdiriladi, shundan so’ng pechga suyuq cho’yan quyiladi. Materiallar eri-yotganda qo’shilmalar (fosfor, kremniy, marga- nes va b.) jadal ravishda oksidlanadi va shlak hosil bo’ladi, qaynash jarayo- nida esa uglerod oksidlanib, po’lat za- rur kimyoviy tarkibiga erishadi. So’ngra metall oksidsizlantiriladi va zarur bo’lsa legirlanadi (q. Legirlash). Tayyor suyuq po’lat kovshlar va qoliplarga quyib olinadi. Pechning ish bo’shlig’i devorla- ri qanday materialdan terilganligiga qarab, Marten jarayoni asos xarakterli va kislota xarakterli jarayonlarga bu- linadi. Asos xarakterli jarayon kengroq tarqalgan, u amalda turli Shixtali (jum- ladan, tarkibida fosfor va oltingugurt kup) materiallarni kayta ishlashga im- kon beradi. Kislota xarakterdagi jara- yon esa tarkibida gaz va metallmas ara- lashmalar kam va si-fatli pulat olishga imkon beradi. Xom ashyodagi metallar- ning tarkibi buyicha M. i. ch.da quyidagi jarayonlar farq qilinadi: skraprudali jarayon (50— 70% suyuq chuyan va 50-30% temirtersak eritiladi), skrapjarayon (xom ashyo — qattiq pulat va temirter- sak), rudali jarayon (asosan, suyuq cho’yan ishlanadi), karbyuratorli jarayon (aso- siy xom ashyo — temirtersak). M. i. ch.da yoqilg’ining yonishini va qo’shilmalarning oksidlanishini tezla- tish uchun maxsus qurilmalar yordamida pechga kislorod yuborib turiladi. 20-a. 70-y.lari oxiridan boshlab M. i. ch.ga nisbatan kislorodli konvek- tor usulida po’lat olish ancha unumli bo’lganligi tufayli keyingi usul va elektr pechlarda po’lat eritish usuli ko’proq qo’llanilmoqda (if. Konverter). O’zbekiston metallurgiya zavodila ham 1978 y.da elektr pulat eritish kompleksi ishga tushirilgan. Ad.: Mirboboev V. A. va b., Metallar texnologiyasi, T., 1971; metallurgiya sta- li, M., 1973.