Martos Ivan Petrovich

Martos Ivan Petrovich [1754, Ichnya, hoz. Ukrainaning Chernigov vilo- yati — 1835.5(17).4, Peterburg] — rus haykaltaroshi, rus klassisizmining yirik namoyandasi. Peterburg Bada ta’lim olgan (1764-73). Rimda yashab (1773— 79) antik haykaltaroshlikni o’rgangan, ulardan nusxalar yaratgan. Pe- terburg Bada dare bergan (1779-1835; 1814 y.dan rektor). M. ijodining dast- labki davrlarida portret (haykal)lar yaratgan (N. I. Panin, 1780; A. V. Pani- na, 1782; ikkalasi ham marmar); 1780- y. lardan memorial haykallar ustasi sifatida namoyon bo’ldi. U yaratgan qabr yodgorliklarida kompozisiya tuzilishi-ning qat’iyligi, nafis shakli, relef turlarining mahorat b-n uyg’unliqsa qo’llanishi (S. S. Volkonskaya, marmar, 1782; N. I. Panin, marmar, 1788 va b.), asarlarining monumentalligi, obraz- larning yorqinligi, me’moriy muhit b-n uyg’unligi e’tiborga sazovor. I. E. Ga- garina (bronza, 1803); Pavel I (marmar, granit, 1807), Moskvadagi K. Minin va D. Pojarskiyga o’rnatilgan yodgorlik (bronza, granit, 1804-1818) va b. M. monumental bezak haykaltaroshligining yirik ustasi sifatida ham mashhur (Pe- tergof favvorasi uchun yaratgan “Akteon” haykali, hallangan bronza, 1801 va b.).