Marv urushlari

Marv urushlari – Buxoro amiri Shohmurodning Marvni bo’ysundirish uchun olib borgan urushlari (1786, 1788, 1790). 1786 i. Shohmurod Marv hokimi Bayramalixon ustiga bir necha bor qo’shin jo’natgan. Birinchi hujum vaqtida Bayramalixon o’ldirilib, shahar atrofi talontaroj qilingan. O’zaro tu- zilgan bitimga ko’ra, Bayramalixonning o’g’illaridan Muhammad Karimxon Marv hokimi etib tayinlangan. Ammo u tezda hokimiyatdan chetlatilib, o’rniga aka- si Xoja Muxammad Husayn o’tqazilgan. 1788 y. Shohmurod yana Marvga yurish qilib, shahar va uning atrofini suv b-n ta’minlaydigan Murg’ob daryosidagi Sul- tonband to’g’onini (uni qo’riqlab turgan qal’a boshlig’ining xoinligi tufayli) egallab, uni buzdirib tashlagan. Marv suvsiz qolgan, biroq u taslim bo’lmagan. Aholi o’rtasida ochlik, qashshoqlik avj- ga chiqqan, natijada shahar bo’ysunishga majbur bo’lgan. Shohmurod Marvga 5 ming kishilik qo’shin kiritib, ularni shahar aholisi uylariga joylashtirgan. Marvning 15 ming (ayrim manbalarda 30 ming) aholisini Buxoro va Samarqand viloyatlariga ko’chirtirib kelgan. Marv- ni boshqarish Shohmurodning ukalari Umarbiy va Fozilbiylarga topshiril- gan. Sultonband to’g’oni qayta tiklan- gan. Murg’obning quyi oqimida islomo- bod qal’asi qurilgan. Biroq Marv yana Shohmurodga bo’ysunishdan bosh tortgan. Shoh-Murod 1790 y. yana Marvga qo’shin tortib kelgan, lekin shaharni qo’lga kirita olmagach, Sultonband to’g’onini buzdirib tashlab, shahar va uning atro- fini yana suvdan mahrum qilgan. Marv vohasi cho’lbiyobonga aylangan. Shahar aholisi Umarbiyga qarshi isyon ko’tarib, shahar darvozasini Shohmurodga ochib bergan. Umarbiy ukasi Fozilbiy b-n Shahrisabzga qochgan. Marv hokimligi Shohmurodning o’g’li din Nosirbiyga topshirilgan.