Marvirud, Marvarrud

Marvirud, Marvarrud — Bolo Murg’ob sh.ning eski nomi. Murg’ob da- ryosining bo’yida (Afg’oniston hududida) joylashgan. Tarixiy manbalarga qaraganda M. o’rnida qadimda Iskan- dar Makduniy tomonidan Marg’iyonada qurilgan Aleksandriya sh. bo’lgan, ke- yinchalik uni salavkiylardan Antiox qayta tiklagan. Ilk va rivojlangan o’rta asrlarda M. muhim strategik shahar va istehkom sifatida mashhur bo’lgan. M. nomi so’nggi bor Sharafiddin Ali yaz- diyning “Zafarnoma”sida uchraydi. Yaz- diyning qayd etishicha, uning davrida shahar Murg’ob nomi b-n mashhur bo’lgan.