Marvon

Marvon — umaviylar sulolasidan bo’lgan 2-xalifaning ismi. M. I (623— 685) Usmon ibn Affonning yaqin kishi – si bo’lgan. Usmon o’ldirilgach, qochishga majbur bo’lgan. Muoviya II va-FOT etgach (684), qonuniy xalifa Xolid ibn Yazid I balog’at yoshiga etguniga qadar taxt- ga o’tirgan. Raqibi Abdulloh ibn zu- bayrning sarkardalari ustidan g’alaba qozongan va Suriya, Misr va Mesopotami- yada xalifa sifatida tan olingan. Biroq o’g’li Abdulmalikni o’ziga valiaxd qilib belgilaganida Xolidning onasi tomoni- dan bo’g’ib o’ldirilgan. M. II (688-750), M. I ning nabirasi. Dastlab (734-744) Armanistonda noib bo’lgan, so’ngra xa- lifa Valid III ning qasoskori sifatida tanilgan, xalifalikka saylangan (744) va G’aron sh.ni qarorgoh qilgan. Harbiy iqtidori tufayli Suriya va Iroqdagi ko’plab raqiblari (ayniqsa, xorijiylar) ustidan g’alaba qozongan. Lekin Abbosiy- lar xonadoniga mansub Ibrohimni qatl etishi b-n ushbu xonadon a’zolarining qo’zg’olon ko’tarishlariga sababchi bo’lgan. Arbela sh. yaqinidagi Zob daryosi bo’yida Abul Abbos sarkardasi Abu Muslim to- monidan engilgach (750), Misrga qochgan va u erda xristian qibtiy tomonidan o’ldirilgan. M. II o’limi b-n Umaviylar xalifaligining Osiyodagi hukmronligi barham topgan.