Mashikullar
Mashikullar (o’rta asrlar fransuzcha mache-col-boshiga urmoq so’zidan)-o’rta asr qal’alari devorining yuqori qismida joylashgan peshayvonli shinaklar. Hujum qilayotgan dushmanga vertikal o’q uzish, unga tosh uloqtirish va boshqalar uchun mo’ljallangan. O’qotar qurollarning paydo bo’lishi va istehkomlarning bastion tizimiga o’tilishi bilan o’z ahamiyatini yo’qotdi va me’morchilik bezagiga aylandi.