MASHINASOZLIK SANOATI

MASHINASOZLIK SANOATI -xalq xo’jaligi uchun mehnat qurollari, shuningdek, iste’mol buyumlari va mudo- FAA ahamiyatiga ega bo’lgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi og’ir sanoat sohalari majmui. M. s. butun xalqxo’jaligini texnika b-n ta’minlashda moddiy asos hisoblanadi, ijtimoiy mehnat unumdor- ligi, texnika progressi, xalqning mod- diy farovonligi va mamlakatning mudo- FAA quvvati M. s.ning taraqqiyot daraja- siga bog’liq. M. s.ning asosiy vazifasi xalq xo’jaligining hamma sohalarini yuqori unum b-n ishlaydigan mashina va asbob-uskunalar b-n ta’minlashdir. Bu soha o’z navbatida, mashinasozlik va metallga ishlov berish, metall buyum- lar, metall konstruktsiyalar i. ch. Hamda mashina va asbob-uskunalarni tuzatish tarmoqlarining tarkibiy qismini tash- kil etadi. M. s.ga energetika mashina- sozligi, elektrotexnika, stanoksozlik va as-bobsozlik, traktorsozlik va q. h. mashinasozligi kabi yirik tarmoqlar kiradi. M. s. sanoat sifatida 18-a.da vujudga keldi, dastlab 19-a.da Buyuk Britaniyada, G’arbiy Evropaning ba’zi mamlakatla- rida, keyinchalik AQShda tez rivojlana boshladi. Rossiyada 1mashinasozlik zavo- Di 18-a.da qurilgan. O’zbekistonda M. s.ning dastlabki korxonalari 20-a. boshlarida vujudga kelgan. Bu davrda metallga ishlov berish sanoati, asosan, 14 ta kichik tuzatish ustaxonalaridan iborat edi. Ularda, asosan, t. y., paxta tozalash va yog’zavod- larini ta’mirlash ishlari bajari- lardi. Yalpi sanoat mahsuloti umumiy hajmida og’ir sanoat va metallga ishlov berish tarmog’ining hissasi 1,3% ni tashkil etgan. 1920-y.lardan q. x., sa- noat va transportning rivojlantirish zaruriyatidan mavjud ta’mirlash korxo- nalari kengaytirildi, yangilari kuri- la boshladi. 1927 y. noyab. da Toshkentda “Boshpaxtasanoat”ning mexanika z-Di ishga tushirildi. 1931 y. da bu z-D negi- zida taxta tozalash z-dlari uchun asbob- uskunalar i. ch. va q.h. texnikasi ta’miri b-n shug’ullanadigan “Qishloqmash” (hoz. “Toshkent qishloq xo’jaligi mashina- sozligi zavodi” AK-tsiyadorlik jamiyati) tashkil etildi. Zavodda chigit seyalkala- ri, borona va kultivatorlar tayyorlash yo’lga qo’-yildi. 1941-45 y.lardagi o’rush davrida res-publikada 16 mashinasozlik z-Di ishga tushirildi. Sanoatning tarmoq tarkibi o’zgardi. Urush davrida ishga tushirilgan mashinasozlik korxona- lari front ehtiyojlari uchun qurol- yarog’, o’qdori va b. mahsulotlar ishlab chiqardi. 1945 y.dan keyin paxtachilik va irrigasiya qurilishi mashinalari i. ch. tiklandi, to’qimachilik, kimyo va xalq xo’jaligining boshqa tarmoqlari uchun yangi jihozlar i. ch. boshlandi. Paxta te- rish mashinalari, ekskavatorlar, ko’prik elektr kranlari, yigirish mashinalari i. ch. o’zlashtirildi, korxonalarning IX- tisoslashuvi va koopera-tsiyasi rivoj- landi. Respublikada M. s. 15 tarmoqqa man- sub 100 dan ortiq yirik korxonalardan iborat. Ularning orasida traktorsozlik va q. h. mashinasozligi, to’qimachilik mashinasozligi, paxta tozalash mashina- sozligi, elektrotexnika sano-atining salmog’i katta. Ayni paytda respublika iqtisodiyoti uchun yangi bo’lgan avtomo- bilsozlik, radioelektronika kabi sano- at tarmoqlari barpo etilmoqda. Avtomobilsozlik. Avtomobillar, AV- tomobil dvigatellari, avtomobillarga ehtiyot qismlar, turli Ji-hozlar va b. asboblar i. ch. O’zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin shakllana bosh- ladi. 1990-y.larga qadar respublika- da avtomobilsozlik sanoati yo’q edi. O’zbekistondagi bir necha avtomobil tuzatish z-dlari (Toshkent avtotuzatish z-Di 1939 y.da ishga tushirilgan), en- gil mashinalarga xizmat ko’rsatadigan “O’zavtotexxizmat”, “O’zavtovazxizmat” i. ch. birlashmalari korxonalar, tashki- lotlar va aholining avtomobillariga texnika xizmati ko’rsatib kelgan. AV- tomobilsozlik sanoati sohasida ish- lab turgan va yangi qurilayotgan z-dlar negizida avtomobil in-dustriyasini barpo etish, engil va yuk avtomobilla- ri, avtobuslar, trolley-buslar hamda ularga ehtiyot qismlar i. ch., servis xiz- matini yo’lga qo’yish, respublika xalq xo’jaligining avtotransport texnika- siga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish, avtomobil sanoatining raqobatbardosh mahsulotlar b-n jahon bozoriga chiqish vazifalari hal etilmoqda (q. Avtomo- bil sanoati). Traktorsozlik va qishloq xo’jaligi mashinasozligi. Respublika mashina- sozligida ishlab chiqariladigan jami mahsulotning qariyb 20% shu tarmoq hissasiga to’g’ri keladi. 90-y. boshigacha tarmoqning ko’pgina mahsulotlari sobiq Ittifoq ahamiyatiga ega bo’lgan. MDH mamlakatlari bo’yicha paxta terish mashi- nalari, chigit seyalkalari, paxtachilik- ka moslashtirilgan chopiq traktorlari, traktor tirkamalarining asosiy kismi O’zbekistonda ishlab chiqariladi. 30-y. lar boshida paxtachilikda ishlatiladigan ekish va tuproqqa ishlov berish mashina- lari, paxta tozalash z-dlari uchun texno- logik va b. jihozlar O’rta Osiyoda yagona “Boshpaxtasanoat”ning mexanika z-dida tayyorlangan. 90-y.ga kelib traktorsoz- lik va q. h. mashinasozligi tarmog’ida 20 dan ortiq z-D, birlashma va tashkilotlar faoliyat ko’rsatdi. Bu tarmoqda Paxtachi- lik traktorlari, dvigatellar, traktor tirkamalari, paxtachilik texnikasi kom- pleksi, bog’dorchilik va tokchilik mashi- nalari, q. h. mashinalari reduktorlari, chorvachilik, ozuka tayyorlaydigan ma- shinalar, ehtiyot qismlar va h. k. ishlab chikariladi. 20-a.ning 90-y.lar boshida quvvati 30 ot kuchi bo’lgan TTZ – 30 trak- tori va unga moslangan q. h. mashinalari va qurollari majmui yaratildi. Traktor- sozlikning yirik korxonalari — “tosh- kent traktor zavodi” davlat-aktsiyadorlik jamiyati va “O’zKeystraktor” qo’shma kor- xonasida TTZ-30, MT-30, TTZ-100K.10, TTZ-100K.11, SX-100 (“Keys”), SXR-100 va b. paxtachilik, universal traktorla – ri, traktor tirkamalari, yuklagichlar, metall quymalar, shtampovkalar ishlab chiqaradi. Qishloq xo’jaligi mashinasoz- ligi tarmog’idagi yirik korxonalardan biri “Uzqishloqmash” aktsiyadorlik ja- miyati chigit se-yalkalari, ko’sak chuvish mashinalari, rotorli o’rim mashinalari, TTZ-30 va b. traktorlarga tirkab va osib ishlatiladigan mashinalar, kartoshka ek- kichlar, “Kimyoqishloqmash” aktsiyadorlik jamiyati q. x.da ishlatiladigan tirkama- li purkagichlar ishlab chiqariladi. Pax- tachilikni kompleks mexanizasiyalash uchun mashina va mexanizmlar, g’o’za kul- tivatorlari, chizelkultivatorlar, o’g’it solgichlar, ariq qazgichtekislagichlar, ko’sak terish mashinalari, pluglar, chor- vachilik uchun turli mashinalar va b. mahsulotlar “Chirchiqqishloqmash” aktsi- yadorlik jamiyatida ishlab chiqariladi. 1959 y.dan “Toshqishloqmash” aktsiyador- lik jamiyati paxta terish mashinalarini i. ch.ga ixtisoslashdi (dastlabki paxta te- rish mashinasi 1949 y. tayyorlangan). Hoz. davrda korxonada yangi, gorizontal shpin- Delli XMG-04 va XMG-12 o’rnatiluvchi paxta terish mashinalari, “O’zKeysmash” qo’shma korxonasida “2022 Kotton eks- press” ikki qatorli, gorizontal shpin- Delli o’ziyurar paxta terish mashinalari ishlab chiqariladi. Bog’dorchilik, tokchi- lik va polizchilikda foydalaniladigan mashina va moslamalar “bog’dorchilik ma- shinasozligi z-Di” aktsiyadorlik jamiya- tida ishlab chiqariladi. 3-D 1969 y. ixti- soslashtirilgan konstruktorlik byurosi tarzida tashkil etilgan, keyinchalik Toshkent tajriba eksprimental z-Di b-n “O’rtaosiyoqishloqmash” birlashmasiga aylantirilgan. “Urganchozuqamash” AK- tsiyadorlik jamiyati (1987) osma traktor urok, mashinalari, traktor xaskashlari, sholi o’rish mashinalari, Buxoro ixti- soslashtirilgan tajriba z-Di chorvachi- lik jmhozlari, g’o’zapoya yulgichlar i. ch.ga ixtisoslashgan. Respublikada umumiy mashinasozlik, to’qimachilik sanoati, paxta tozalash sano- ati mashinasozligi, asbobsozlik sanoati mashinasozligi va b. sanoat korxonalari 1994 y.da tashkil etilgan O’zbekiston mashinasozligi sanoati uyushmasi (“O’zmashsanoat”), qishloq xo’jaligi mashinalari va traktorsozlik korxona- lari “O’zqishloqxo’jalikmashxolding” kompaniyasi, avtomobilsozlik sanoati va unga texnika xizmati ko’rsatish kor- xonalari O’zbekiston avtomobilsozlik korxonalari uyushmasi (“O’zavtosanoat”), elektrotexnika, radiotexnika sanoati korxonalari O’zbekiston radioelektro- Nika, elektrotexnika sanoati korxonala- ri uyushmasi (“O’zeltexsanoat”) tarkibi- ga kiradi. 2002 y.da O’zbekiston M.s.da 716 dona kuchli tok transformatorlari, 35130 dona avtomobil (shu jumladan, 414 avtobus), 3148 dona traktor, 65 dona paxta terish mashinasi ishlab chiqarildi (yana q. Asbobsozlik sanoati, paxta to- zalash sanoati mashinasozligi, radio- elektronika sanoati, elektrotexnika sanoati va b.). Ortiqali O’rimboev.