Mashraba

Mashraba (arabcha-ichish)-1) ichimlik solinadigan chinni yoki sopol idish; 2) o’tmishda hammomlarda ishlatilgan mis yoki bronzadan ishlangan ko’zasimon idish. O’zbekistonning ayrim janubiy tumanlarida, Buxoro va Samarqandda suyuqlik solinadigan kattaroq shisha idishlar ham Mashraba deb atalgan.