Masihiy Rukniddin Mas’ud
Masihiy Rukniddin Mas’ud [1580, Koshon (Eron) — 1655] — ozar- bayjon shoiri. Tabib bo’lgan. She’riyat- da Fuzuliy an’analarini davom ettir- gan. Ko’pgina g’azal, qasida hamda “don va tuzoq”, “ari va asal”, “Varqa va gul- shoh” kabi romantik dostonlar mualli- Fi. Bizgacha uning “Varqa va Gulshoh” dostoni etib kelgan. O’zidan oldingi salaflarining, ayniqsa, Fuzuliyning “Layli va Majnun”ni yozishdagi ijo- diy tajribasidan ruhlanib, M. haqiqiy muhabbat va odamiylikni kuylovchi ori- ginal asar yaratgan. Asarda Varqa Maj- nunga nisbatan isyonkor, jang maydonida dushmanlariga qarshi shafqatsiz qilib tasvirlangan. M. re-alistik an’analar- ni rivojlantirgan, asar ruhini xalq epik poeziyasiga yaqinlashtirgan. Doston o’z vaqtida yaqin Sharkda keng tarqalgan. Uning qo’lyozmasi Ozarbayjon FA arxi- vida saqlanadi.