Masjid, Machit
Masjid, Machit (arabcha-sajda qilinadigan joy)-musulmonlar jamoa bo’lib namoz o’qiydigan joy, ibodatxona. Masjidlar, asosan, kundalik besh vaqt namoz o’qish uchun mo’ljallangan. Juma va hayit namozlari esa jome masjidlarida o’qiladi. Birinchi Masjidni Madinada Muhammad alayhissalom qurdirgan. Masjidlar dastlab shaharlarda, keyinchalik qishloq va mahallalarda barpo etilgan. Masjidlarning to’rida Makkaga qaragan (qibla) tomonida, mehrob, hovlisida hovuz, bir yoki bir necha minora bo’ladi.