Masjid, machit

Masjid, machit (Arab. — sajda qilinadigan joy) — musulmonlar ja- moa bo’lib, namoz o’qiydigan joy, ibodat- xona. M.lar, asosan, kundalik besh vaqt namoz o’qish uchun mo’ljallangan. Juma va hayit namozlari esa jome masjidla- rida o’qiladi. Birinchi M.ni Madinada Muhammad (sav) qurdirgan. M.lar dast- lab shaharlarda, keyinchalik qishloq va mahallalarda barpo etilgan. M.larning to’rida, Makkaga qaragan (qibla) tomoni- da mehrob, hovlisida hovuz, bir yoki bir necha minora bo’ladi. Ayrim yirik M.lar mehrobining o’ng tomonida va’zxonlik uchun mo’ljallangan minbar, ba’zilarida esa Qur’on o’qiladigan maxsus joylar ham bo’ladi. Ba’zi M.lar huzurida MAK- tablar ham bo’lib, ularda o’g’il bolalarga Qur’on o’qish o’rgatiladi. M.larda juma va hayit namozi kunlari Imom-xati- blar xutba o’qib, turli diniy masalalar bo’yicha va’zxonlik qiladi. O’zbekistonda 2000 ga yaqin M. bor (2003). M.larda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilot- lar to’g’risida”gi qonunga amal qilingan holda faoliyat yuritiladi. M.lar 7-8-a.lardan turli musulmon mamlakatlarning mahalliy me’morlik an’analarida etakchi o’rinni egallab, o’ziga xos uslubda qurila boshlagan. Asosan murabba yoki to’g’ri to’rtburchak tarhli, Markaziy qismida xonaqohi bo’lgan, hovli atrofi ravoqli ayvonlar- dan iborat. 8 qirrali, gumbaz tomli va ko’p ustunli, galereyapi M.lar tosh, yog’och, g’isht, rangli koshin b-n hashamdor bez- atilgan (q. Almasjid al-Aqso, Almas- jid al-xarom, katta masjid, Ibn Tu Lun masjidi va b.). O’rta Osiyo’da dastlabki M.lar Buxoro Hisori ichida 713 y.da Qutayba ibn mus- lim tomonidan mahalliy otashgoh butxo- na o’rnida qurilgan. Rivoyatlarga ko’ra, Samarqanddagi birinchi M. Hazrati Xizr masjidi o’rnida bo’lgan. 10— 11-a. lar M. me’morligida ganch o’ymakorligi, g’ishtni bezakli qilib terish san’ati rivoj topgan (Termizdagi Chorustun mas- jidi, Deggaron masjidi, Turkmaniston- dagi Sherkabir masjidi va b.). 14-15-a. larda M. turlari va tuzilishi o’zgarib, u shaharning eng ko’zga ko’ringan yirik me’moriy jamoat binolari qatoridan o’rin olgan. Shahar markazlarida jome masjid, juma masjid va guzar, mahalla M.lari keng tarqalgan. Movarounnahr me’morlik maktabida yaratilgan xalq ustalarining o’ziga xos merosi Eron, Xu- roson, Ozarbayjon, Hindiston, Hirot me’morligi b-n o’zaro uyg’unlashib ket- gan. Bu maktab me’morligida erishilgan barcha imkoniyat va yutuqlar Gavharshod begim me’moriy maj-muasi, Bibixonim jome masjidi, ko’k gumbaz masjidi, Darband (Ozarbay-jon)dagi juma mas- jid (1368), Tabriz (Eron)dagi ko’k mas- jid (1405) qurilishida o’z aksini top- gan. 16-17-a.larda M. qurilishida gum- bazlar tuzilishi ancha murakkablash- Di. Peshtoq, ravoq va minoralarning turli shakllari yaratiddi. Bezagida muqarnas naqshlar, koshinkori bezaklar qo’llaniddi: Ozarbayjonning Ardabil sh.dagi Shayx Sefi majmuasi (15-17- a.lar), Ganjadagi juma masjid (1606), Eronning Isfahon sh.dagi Lutfullo masjidi (1603-1618), Shoh masjid (1612-1630), Mashhaddagi Musallo masjidi (17-a. oxiri), Dehli jome mas-jidi, Turkiyaning Istanbul sh.dagi bo- Yazid masjidi (1505), Shahzoda masjidi (1548), Sulaymon masjidi (1550-57), Salim masjidi (1569-75), Ahmad mas- jidi (1609-17) va b. O’zbekistonning Buxoro, Samarqand, Shahrisabz sh.laridagi baland masjid, Xo’ja Zay- niddin majmuasi, Bahouddin majmuasi. Shahar tashqarisida namozgohlar (Buxo- ro namozgohi, qarshi namozgohi), ziyo- ratchilar uchun xonaqohlar (Qosim Shayx xonaqohi, Fayziobod xonaqohi, Nodir Devonbegi xonaqohi va b.) qurildi. 18-19-a.larda Turkiyadagi M. bi- nolarining tashqi va ichki bezaklarida Evropa me’morligi ta’siri sezila bosh- ladi. Istanbuldagi Nurusmon masjidi (1755) va b. Buxoro, Xiva va Qo’qon xonli- klarida mahalliy me’morlik maktabla- ri shakllandi. Xalq ustalarining avlod- dan-avlodga o’tib kelayotgan naqqoshlik, o’ymakorlik va ganchkorlik san’ati M. ayvonlari, US-tunlari va devorlari bez- agida yaqqol namoyon bo’ldi (do’sti Xudo masjidi, Qo’qon jome masjidi, sirli Masjid, Xo’ja ilg’or masjidi, Lutfullo Mavlono masjidi va b). Mustakillikdan keyin an’anaviy va zamonaviy me’morlik usullarini uy- g’unlashtirgan holda M.lar qurilmoqda (mas, Buxoriy yodgorlik majmui, tosh- kentdagi Nosirxon jome masjidi, G’azalkentdagi Olimjon jome masjidi va b.).