Mastava

Mastava (fors, most — qatiq va ob — suv) — suyuq taom. Aslida M. suzma, qatiqdan olingan zardobga guruch solib qaynatib tayyorlangan. Hozir M. sabzi, piyoz, guruch va b. masalliqlardan tayyorlanadi. Masallig’i va tayyorlash usuliga ko’ra, qaynatma M., qovurma M., olchali M., qiymali M., xo’rda M. (guruch o’rniga oqshoq solinadi) kabi turlari bor. M.ning asosiy turi qo’y go’shti qiymasidan qaynatma usulida tayyorlanadi: piyoz, murch aralashtiril- gan qiymali kichik kiftalar yasaladi. Qozonda kertilgan go’shtdan Ajratil- gan suyak qaynatiladi, pishgach, suyaklar suzib olinib, sho’rvasiga guruch va du- maloklangan kiftalar solib mildira- tib qaynatiladi. Piyoz, pomidor, kubik shaklida mayda qilib to’g’ralgan sabzi, kartoshka yoki sholgom solsa ham bo’ladi. M. kosalarga suziladi, kashnich va murch sepib dasturxonga tortiladi. Alohida idishda qatiq beriladi. Ad.: Mahmudov K., O’zbek tansiq taom- lari, T., 1989.