Mastchoh

Mastchoh — Zarafshon daryosining yuqori oqimi. Uzunligi 200 kilometr, havzasining maydoni 4650 km2. 2775 metr balandlikda Zarafshon muzligidan boshlanadi. Turkiston va Zarafshon tizmalari orasidan sharqdan g’arbga tomon oqadi. Yillik suv sarfi 58-108 m3/sek. Iyul-avgustda suvi ko’payadi (479 m3/sekundgacha), aprelda kamayadi (11 m3/sekund). Yiliga 4390 ming tonna har xil tog’ jinslari oqib keladi.