MATANSAS

MATANSAS — Kubadagi shahar. Ma- tansas provintsiyasining ma’muriy Mar- kazi. Aholisi 125 ming kishidan ziyod (1990-y.lar oxiri). Transport yo’llari tuguni. Atlantika okeanining Matan- sas buxtasidagi port (chetga shakarqand chiqariladi). Kimyo (jumladan, ol- tin-gugurt kislotasi, o’g’itlar, sun’iy tola i.ch.), tamaki, to’qimachilik, ko’n- poyabzal, mashinasozlik sanoati kor- xonalari mavjud. Arxeologiya muzeyi, shahar yaqinida Belyamar karst g’ori bor. Turizm rivojlangan. Shaharga 1693 y.da asos solingan.