Matbuot

Matbuot — barcha bosma mahsulotlar majmui; tor ma’noda dav- riy nashrlar, asosan, gazeta va jurnal- larni ifodalaydi(sinonimi — Pressa). M. ijtimoiy ongning o’tkir va ta’sirchan vositasi sifatida kishilik jamiyatiga doimiy va faol ta’sir ko’rsatadi, jamo- atchilik fikrini shakllantiradi, omma ongiga muayyan qarashlarni singdirishda qudratli g’oyaviy omil hisoblanadi. M. jamiyat hayotini turli (ijtimoiysiyo- siy, iqtisodiy-i. ch., ilmiytexnikaviy va b.) yo’nalishlarda yoritadi. M. 15-a.ning o’rtalarida Evropada tarkib topgan, qariyb 5 a. mobaynida (ommaviy axborot vositalarining boshqa turlari — radioeshittirish va televide- Nie paydo bo’lguniga qadar) kishilararo ommaviy muloqotning, bilim va g’oyalar tarqatishning asosiy vositasi sanalgan. Dastlabki bosma nashrlar kitob, risola va varaqalardan iborat bo’lgan, 17-a.ning boshlarida gaz.lar, keyinroq esa jur.lar tashkil topdi; 19-a.ning o’rtalarida mat- buot agentliklari vujudga kela boshladi (q. Informasiey agentlik). 20-a.da om- maviy axborotning radioeshittirish va televidenie singari turlarining paydo bo’lishi va taraqqiy qilishiga qaramay, M. hamon kishilik jamiyatidagi o’z o’rni va mavqeini to-bora kengaytirib bora- yapti, ijtimoiysiyosiy hayot va faoliyat- ning hamma tomonlariga doimiy va sama- rali ta’sir ko’rsatayapti. Butun dunyoda M.ning muttasil keng tarqalib borayot- gani buning isbotidir. Tarixiy rivojlanish jarayonida M.ning xususiy shaxslar, ijtimoiy guruhlar (siyosiy oqimlar, partiyalar, kasaba uyushmalari, madaniy-ma’muriy tashkilotlar va b.), hissadorlik ja- miyatlari, hukumat muassasalari va b. tomonidan ta’sis etilgan va ularning maqsadlariga xizmat qilgan qator turla- ri vujudga keddi. M. qaror topgan dast- labki paytlarda Evropada cherkov diniy mafkurani targ’ib qilishda bosma Kito- blardan, varaqalardan keng foydalandi. Jamiyat ma’naviy hayotiga cherkov ta’- sirining tobora cheklanishi zaminida dunyoviy M. tarkib topdi va keng rivoj- lana boshladi. Ilg’or ijtimoiy tuzum, demokratik tartiblar o’rnatish uchun ku- rashda taraqqiy-parvar M.ning xizmati katta bo’ldi. Uzbekistonda M. 19-a.ning 2-yarmi- da tarkib topdi. Toshkentda 1870 y.da o’lkadagi mustamlakachi hukmronlar tashkil etgan “Turkestanskie vedomo- sti” va “Turkiston viloyatining gazeti” Markaziy Osiyodagi M.ning ilk namu- nalari hisoblanadi. Turkistonda dast- labki taraqqiyparvar milliy gaz. lar 1905-07 y.lardan faoliyat ko’rsata bosh- ladi (“taraqqiy”, “Xurshid”, “Shuhrat” va b.). Ularning yo’lini 20-a.ning 2-o’n yilligida chop etilgan “Sadoi Turki- ston”, “Sadoi Farg’ona”, “najot” gaz. lari, “oyina” jur. davom ettirdi. Milliy nashrlar Turkistonni savodli, ma’rifatli, taraqqiyotga erishgan, obod, mustaqil diyorga aylantirish g’oyalarini targ’ib qildilar. 1917 y.dan so’ng, sobiq SSSR tarkibi- dagi barcha ittifoqdosh respublikalarda bo’lganidek, O’zbekistonda ham yangi siyo- siy yo’nalishdagi partiyasovet matbuoti- ning ko’p tarmoqli tizimi qaror topdi. Umumdemokratik qoidalarga zid ravish- da M.ning shakllanishi va rivojlanish jarayoni yakkapartiyaviylik — kommuni- stik partiyaning mutlaq yakkahokimligi sharoitida kechdi. Gaz., jur.lar, kitoblar qiyofasi, yo’nalishi shu hukmron partiya rahbariyati ko’rsatmalari asosida belgi- landi. Istiqlol tufayli O’zbekiston M.i taraqqiyotida ham sifat jihatidan bu- tunlay yangi — demokratik rivojlanish bosqichi boshlandi. Endilikda tashki- lotlar, partiyalar, uyushmalar, ayrim ja- moalar, fuqarolar ham M. nashrlarini ta’sis etish huquqiga ega bo’ldilar. Mam- lakatda matbuot erkinligitl ta’min- lashga imkoniyat yaratila borildi. Omma- viy axborot vositalarining normal FA- oliyat ko’rsatishi uchun shart-sharoit yara- tish, ularni nashr etish va tarqatish b-n bog’liq moliyaviy va texnik masalalarni echishda, ijodkorlarning demokratik ja- rayonda faol ishtirok etishi uchun amaliy yordam ko’rsatish maqsadida O’zR ommaviy axborot vositalarini demokratlashti- rish va qo’llab-quvvatlash ijtimoiysi- yosiy jamg’armasi tashkil qilindi (1996 y. 30 avg.). Bu jamg’arma ommaviy axborot vositalari vakillarining mustaqil, o’z- o’zini boshqaruvchi, hukumatga qarashli bo’lmagan tashkiloti hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasining “No- shirlik faoliyati to’g’risida” (1996 y. 30 avg.), “Ommaviy axborot vositalari to’g’risida” (1997 y. 26 dek.), “Jurnalist- lik faoliyatini himoya qilish to’g’risida” (1997 y. 24 apr.), “Axborot olish kafo- latlari va erkinligi to’g’risida” (1997 y. 24 apr.) qonunlari qabul qilinishi O’zbekiston M.i taraqqiyotida muhim rol o’ynadi. O’zbekiston M.i ishiga umumiy rahbarlik qilib kelgan O’zR Davlat matbuot qo’mitasi O’zbekiston Respu- blikasi Prezidentining “matbuot va lashtirish to’g’risida” farmoni (2002 y. 3 iyul) ga binoan O’zbekiston Res- publikasi matbuot va axborot agent- ligi etib qayta tashkil etildi. Shunga muvofiq, Qoraqalpog’iston Respublika- si matbuot va axborot agentligi, viloyat hokimliklari xuzurida matbuot va axbo- rot hududiy boshqarmalari tuzildi. Maz- kur islohot mamlakat ijtimoiy hayotini demokratlashtirish va erkinlashtirish sharoitida respublika aholisining ax- borotga bo’lgan talab-ehtiyojlarini yana- da to’liqroq qondirish, ommaviy axborot vositalari, noshirlik ishlari va matba- achilikni keng ko’lamda rivojlantirish- ga ko’maklashish, axborot xizmatlarining zamonaviy bozorini shakllantirish yo’lida oddinga tashlangan katta qadam bo’ldi. O’zbekiston M. mahsulotlari (bosma nashrlar) davriy va davriy bo’lmagan nashrlarga bo’linadi. Davriy nashrlar ga gaz., jur., jurnal tipidagi nashrlar (byulletenlar, ilmiy axborotlar va b.); davriy bo’lmagan nashrlarga kitob, riso- la, bosma fafik mahsulotlar va sh.k. ki- radi. Bular ham, o’z navbatida, bir qancha turlarga — umumsiyosiy va ixtisos- lashgan; muassisligiga ko’ra — hukumat idoralari, xalq harakatlari, partiyalar, uyushmalar, jam-g’armalar.tijorat, Di- niy tashkilotlar va b.ning gazetalari; hududiy yunalishga qarab — Markaziy (mamlakat miqyosida), viloyat, shahar, tu- man, quyi M. organlari (q. Kup tirajli gazeta) bo’ladi. Bozor iktisodiyoti sharo- ITIda reklamatijorat, xususiy gaz.lar yuzaga keldi (yana q. Gazeta). Jur.lar mohiyatiga ko’ra — ijti- moiysiyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy, adabiybadiiy, tabiiy-ilmiy, q.x.ga oid va sh.k.; yunalishiga qarab — bola- lar, yoshlar, xotinqizlar va b. nashrlar- ga bo’linadi. Muassisligiga ko’ra — hukumat idoralari, nodavlat tashkilot- lar, xususiy jur.lar ham chiqmoqda (yana. q. Jurnal). Kitob mahsulotlari maqsadiga qarab — ommaviysiyosiy adabiyot, badiiy ada- biyot, ilmiy adabiyot, ilmiy-ommaviy adabiyot, darslik, ma’lumotnoma adabi- yoti va sh.k.ga bo’linadi (yana q. Kitob). Mamlakatda bozor iktisodiyoti talabla- ridan kelib chiqib, keng ommaga zarur bo’lgan, xaridorgir kitoblar nashr eta- digan nashriyotlar tizimi yuzaga keldi (yana q. Noshirlik). “Taraqqiy” gaz.ning 1soni chiqqan 27 iyun (1906) sanasi O’zbekistonda Mat- buot va ommaviy axborot vositalari xo- dimlari kuni sifatida nishonlanib ke- ladi (1993 y.dan). O’zbekiston M.iga doyr masalalar asosan “O’zbekiston matbuoti” jur. ida yoritiladi. Ad.: Pidaev T., Matbuot — millat chirog’i, T., 1999; Abduazizova N., Turki- ston matbuoti tarixi (1870 — 1917), T., 2000. Tohir Pidaev.