Matchonov Rahimberdi
Matchonov Rahimberdi (1909-xo- razm viloyati Xonqa tumani Madir qishlog’i — 2000.18.2) — kulol, koshin- kor usta. Ustazoda; otasi va uning sho- girdi usta eshimdan hunar o’rgangan. Madir qishlog’idagi kulollik ustaxo- nasi (1921— 39), Xonqa tumani maishiy xizmat ko’rsatish ustaxonasi (1939-60), O’zR badiiy fondi (1960— 78), “Usto” birlashmasi Xorazm viloyati bo’limi (1978-99)da kulol. Xiva me’moriy yodgorliklarini ta’mirlash ishlarida (Paxlavon Mahmud maqbarasining ko- shinlarini tayyorlash va o’rnatishda o’rnak ko’rsatgan, 1957 va b.) ko’pgina binolarni koshinlar b-n bezashda faol qatnashgan. Xorazm an’anaviy buyumlarini zangori ranglarda “Olmagul”, “kosagul”, “Qo’chqor shoxi”, “Bodomguli” va b. o’simliksimon naqshlar b-n bezagan. M.yaratgan kulollik buyumlari (bodiya, lagan, ko’za, shokosa va b.) xorijda namoyish qilinadi, Angliya, AQSh, Yaponiya, Frantsiya, Italiya, Malay- ziya, Turkiya, Rossiya va b. dunyo mamlakat- lari muzeylarida saqlanadi. Ko’plab sho- girdlar tayyorlagan. Kamolidtsin Behzod nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureatu (1997).