MATERIALLARNING CHARCHASHI
MATERIALLARNING CHARCHASHI – vaqt bo’yicha ko’p martalab (tsiklik tarzda) o’zgarib turadigan zo’riqishlar va deformasiyalarning uzoq davom etuvchi ta’siri okibatida materiallar (metall, tola, yog’och, gazlama va b.)ning mexanik va fizik xossalari o’zgarishi. Charchash ja- rayoni mobaynida material holatining o’zgarishi uning mexanik xossalarida, makro – va mikrotuzilishi va b. xossala- rida aks etadi. Bu o’zgarishlar bosqichma- bosqich yuz beradi va materialning dast- labki xossalariga, zo’riqqan holatning turiga, kuch ta’sir etish tarzi va tash- ki muhit ta’siriga bog’liq bo’ladi. O’zgarishlarning muayyan bosqichlarida materialning emirilishiga qarshiligi pasayishining qaytmas jarayoni bosh- lanadi. Bu jarayon ba’zi materiallarda tezroq, ba’zilarida kechroq yuz beradi. Natijada charchashdan shikastlanish deb ifodalanadigan emirilish alomatlari (mas, metallda darzlar, tolalarda uzi- lishlar, gazlamalarda sitilishlar va b.) paydo bo’ladi. Dastlab materialning tarkibiy tuzilishida va ular tutash- gan chegaralarda mikrodarzlar (mikro- skop orqali ko’rinadigan darzlar) paydo bo’ladi, keyin ular makrodarzlar (oddiy ko’z b-n ko’rinadigan darzlar) ga aylana- Di, oqibatda konstruktsiya elementi (yoki sinalayotgan namuna) butunlay emirila- Di. M. ch. charchash egri chizig’i b-n ifo- dalanadi. Muayyan vaqt mobaynida to’plangan shikastlanishlar va ta’sir tsikllari soni orasidagi nisbat charchash egri chizig’i deb ataladi. Bu egri chiziq har xil materiallar uchun turlicha shak- lni egallaydi. U ko’p tsiklli sohadagi charchash egri chizig’iga va kam tsiklli so- xadagi charchash chizig’iga bo’linadi. In- shootlar, mashinalar, mexanizmlar va detallarga material tanlashda namunani sinash natijasida hosil bo’lgan charchash egri chizig’i hisobga olinadi. Gazlama to’qish uchun tolalarni tanlashda ham shu egri chiziqdan foydalaniladi, ya’ni to- lalarning charchashi (uzilishga chidamli- ligi) hisobga olinadi. Fatxulla Abdullaev.