Materik sayozligi
Materik sayozligi, shelf dengiz va okeanlar qirg’og’ini o’rab tura- digan suv osti sayoz tekisligi. Eni bir necha kilometrdan 1200-1500 km, ba’zi hollarda 2000 km gacha, maydoni dunyo okeani tubi umumiy maydonining 8%ni tashkil etadi. 130-140 m chuqurlikdan materik yon bag’ri boshlanadi. M.s. den- giz cho’kindilari (shag’al, qum, qumoq, qum aralash balchiq) ko’p to’planadigan joy, quyosh nurining ko’proq tushishi va iliq bo’lganidan organizmlar, jumla- dan, baliq ko’p. M.s.da ko’plab neft, gaz konlari (shim. dengiz, Meksika va Fors qo’ltiqlari) joylashgan hamda dunyoning muhim baliq ovlash r-nlaridir (shim. dengiz, Barents dengizi va b.).