Matjonov bayram

Matjonov bayram (1940.29.4, Qo’ng’irot) — qoraqalpoq xonandasi (li- rik bariton) va rej. Qoraqalpog’iston (1974), Boshqirdiston (1978), O’zbekiston (1982) xalq artisti. Toshkent teatr va ras- somlik san’ati in-tini tugatgan (1963). Qoraqalpoq davlat filarmoniyasida yak- kaxon xonanda (1963-66), Qoraqalpoq tele-studiyasida rej. (1966 y.dan), bosh rej. (1967-69), Qoraqalpoq davlat filarmoniyasi (1971-77 va 1981 y.dan), Qoraqalpoq yosh tomoshabinlar teatri Di- rektori (1978-80). Yoqimli, keng diapa- zonli, lirik ovoz sohibi. Ijro uslubi yuksak madaniyati, o’ziga xos milliyligi, ijrosidagi falsafiy mazmuni, mahorat kuchi b-n ajralib turadi. Repertuaridan qoraqalpoq musiqali drama (“Oygul va Obod”, O. Halimov; “G’arib Oshiq”, A. Begimov, T. Ollanazarov, O. Halimov va b.) va opera (“Ajiniyoz”, N. Muxammad- dinov) lardan ariyalar, milliy kompozi- torlar asarlari (“go’dak haqida balla- da”, “mening yigitlik paytim, sening qiz payting”, “Yoshlik haqida ballada”, “Bo’lmas”, N. Muxammaddinov; “Ulkam- ga keling”, “Yulduzlar”, X. Turdiqulov; “Men dehqon farzandiman”, N. Musaev va b.) o’rin olgan. Hamza nomidagi Uzbe- kiston Davlat mukofoti laureati (1974, 1988).