Matniyoz devonbegi madrasasi

Matniyoz devonbegi madrasasi — Xivadagi me’moriy Yodgor- lik (1871). Xon devonbegisi Matniyoz (Muhammad Niyoz) qurdirgan. Bosh tar- zi Muhammad Aminxon madrasasiga qaragan. Madrasa bir qavatli, to’g’ri to’rtburchak tarx^li (36,45×31,8 m). Hovli (21X17 m) atrofida hujralar joylash- gan. Bosh tarzi ulkan peshtoqli, uning yonlariga 3 tadan yoysimon ravoqlar ish- langan. Burchaklaridagi minoralar tepa- si gumbazli mezanalar b-n yakunlangan. Kiraverishdagi yog’och o’ymakorligida bez- atilgan eshik orqali miyonsaroyga kiri- ladi. Miyonsaroy gumbazi qalqonsimon bag’allarga tayangan. Miyonsaroy yonlarida hovli b-n o’zaro bog’langan darsxonalar joylashgan. Hovli atrofidagi hujralar oldi ravoqli. Janub tomonidagi peshtoq-gumbazli masjiddan Ai von si- fatida foydalanilgan. Darsxona va mas- jid gumbazlari o’zaro kesishgan toqilar ustiga o’rnatilgan, hujralar balxi gum- bazli. Bosh tarzi Xorazm me’morligiga xos uslubda (ko’k, oq va havo rangli ko- shinlar b-n) bezatilgan.