Matrap

Matrap — bedana va boshqa yovvoyi parrandalarni ovlash uchun ishlatiladigan anjom. Uzun dasta (2,5—3 metr atrofida) va uning uchiga o’rnatiladigan to’r xaltali chambarak (diametri 1 — 1,5 metr) dan iborat. Dasta, odatda, tol daraxtidan, chambarak tut daraxti novdasidan, to’r xalta esa baquvvat paxta ip yoki kapron ipdan tayyorlanadi. To’r xaltaning ko’zi ovlanadigan parranda chiqib keta olmaydigan kattalikda bo’ladi. Parranda o’tloqdan uchganida Matrap bilan ilib olinadi.