Matrilokal nikoh

Matrilokal nikoh (lotincha Mater -ona va locus — joy) — nikohsan so’ng ko’chib o’tish shakllaridan biri. Asosan, matriarxat davrida mavjud bo’lgan. Matrilokal nikohda er xotin jamoasiga ko’chib o’tgan. Matrilokal nikoh er bilan xotin juft yashashining ilk ko’rinishidir. Hozirgi ba’zi xalqlarda kuyovning kelin uyiga vaqtincha yashab qolishi, ichkuyov va boshqa shaklda saqlanib qolgan.