Matroniy
Matroniy, Abu Muhammad Hasan ibn Ali ibn Matron (taxm., ? — 10-a., Toshkent) — shoir. Faqat Saolibiy- nyant “Yatimat uddaxr” tazkirasida M. tarjimai holiga oid ma’lumotlar uch- raydi: “u Shoshdan chiqqan shoir, u joy- ning shon-shuhrati va yagona kishisidir… Shoshdan va Movarounnaxrning boshqa shaharlaridan bu kabi shoir etishib chiqqan emas…”M.ning devoni, na bi- rorta to’la she’ri bizgacha etib kelmagan. Uning butun adabiy merosidan faqat 112 baytdan iborat turli she’riy parchalar saqlanib qolgan. Bular qasida, hajviya, turli mavzulardagi Vasfiy, ishqiy va mayga bag’ishlangan she’rlardan olingan parchalardir. M. hajviy she’rlar yozishda ham mo-hir bo’lgan. Uning hajviy asar- lari o’z zamonidagi ba’zi amaldorlarga qarshi qaratilgan. Ad.: Abu Mansur as-Saolibiy, yati- mat uddahr, T., 1976; Abdullaev I ., Buxo- roning arabiynavis shoirlari, T., 1965.