Matyoqubova Gavhar

Matyoqubova Gavhar (1948.18.10, Xorazm) — raqqosa, baletmeyster. O’zbekiston xalqartisti (2000). Urganch sh. musiqa bilim yurtini (1975), tosh- kent untini tugatgan (1980). 1962-75 y.lar K. Otaniyozov rahbarligidagi xo- razm ashula va raqs ansambli, 1975-91 y.lar K. Otaniyozov nomidagi Xorazm davlat filarmoniyasi raqqosasi, 1991— 98 y.lar Xorazm madaniyat boshqarmasi qoshidagi xalq ijodiyoti bo’lim boshlig’i, 1998 y.dan M. Turg’un-Boeva nomidagi “O’zbekraqs” birlashmasining “Xorazm raqs” viloyat bo’limi bosh ba- letmeysteri. M.ning raqslari sho’x va jo’shqinligi, ijro etilayotgan raqs maz- muniga alohida yondashishi, engil va ke- skin harakatlari, chiroyli xiromi b-n ajralib turadi. “Orazibon”, “Gala Lay- lim”, “Muxammasi bayoz”, “Layla”, “gul- dasta”, “zuvoniy”, “Nizongul”, “Lazgi”, “Chashmi siyo” (afg’oncha), “silsila” (to- jikcha), “kush depti” (turkmancha), “ka- natari” (hindcha), “Pokiston go’zali” (pokistoncha), “sham o’yini” (Arabcha) singari raqslarni ijro etgan. “Orol faryodi” (3 bo’lim), “Lazgi afsonasi”, “Sumalak sayli”, “Orazibon” (3 bo’lim), “Toshlar tilga kirganda”, “qayroq Yan- graganda”, “kelin salomi”, “jazava raqsi”, “Aliqambar”, “dar-Panma” (3 bo’lim), “Muhammasi ush-shoq”, “Xiva sanami” kabi raqslarni, Mustaqillik, Navro’z bayramlarida, Amir Temur, Ave- sto, Al-Farg’oniy, Berdaq yubileylarida va b. tantanalarning barchasida Xorazm raqslarini sahnalashtirgan. M. haqida “Jay-xun qizi” (1990), “qadriyat” (2002, 2 qismli) filmlari ishlangan. “Shuhrat” medali b-n taqdirlangan (1997).