MAVHUM TASVIR

MAVHUM TASVIR — linza, ko’zgu kabi optik buyumlar yoki ulardan tashkil topgan optik tizimdan o’tayotgan yorug’lik nurlarining aks yo’nalishidagi davomining o’zaro kesishishidan hosil bo’lgan tasvir. Mavhum tasvirni bevosita ekranda hosil qilish mumkin emas.