Mavlonov Mardon Hamroqulovich

Mavlonov Mardon Hamroqulovich (1963.11.3, Samarqand) — estrada xonandasi (lirik tenor). O’zbekiston (1999) va Tojikiston (2000) xalq artisti. Samarqand san’at bilim yurtini tugatgan (1984). Samarqand viloyati filarmoniyasi yakka xonandasi (1980— 85), Samarqand tumani “Samarqand taronalari” ansamblining badiiy rahbari (1985 y.dan). O’z ijodida milliy musiqa merosi, ayniqsa, Buxoro — Samarqand mahalliy uslubidagi musiqa namuna (mavsumiy marosim aytimlari, Mavrigi va boshqalar)larini estradaning “folk-pop” uslubida qayta ishlagan. Repertuaridan o’rin olgan ba’zi qo’shiqlari (“Saname”, “Xandidanosh”, “Samarqand to’yona qo’shig’i”, “Asiraman”, “Samarqand qizlari”va boshqalar) ning musiqasini o’zi yozgan. Film (“Sharif va Ma’rif” va boshqalar) larda ham qo’shiq aytgan. Ijro etgan qo’shiqlari bir nechta lazer diskiga yozilgan.