Mavrikiy
Mavrikiy (539-602.27.11) – Vizantiya imperatori (582 yildan). Yustinian I hukmronligidan keyin mamlakatda vujudga kelgan og’ir sharoitda taxtni boshqargan. Saltanat hududiga slavyanlar, langobardlar, forslar hujum qilib turgandilar, davlat xazinasi bo’shab qolgan edi. Mavrikiy qo’shinga beriladigan maoshni. turli xil tomoshalarga sarflanadigan xarajatlarni qisqartirgan. Misrdan keltiriladigan g’alla narxini oshirgan. Mavrikiyga qarshi bir qancha qo’zg’olonlar ko’tarilgan. 591 yil Mavrikiy Eron bilan Vizantiya uchun manfaatli bo’lgan sulh bitimini imzolashga erishgan; Eronga tegishli Armanistonning bir qismi Vizantiyaga o’tgan. Mavrikiyning ichki siyosati davlatni parchalanishiga olib kelgan; Ravenna (584) va Karfagenda (591) yarim mustaqil ekzarxatlar (harbiyma’muriy birlik) barpo etilgan, Mavrikiy vasiyatnomasi (597)ga ko’ra, saltanat uning o’g’illari o’rtasida taqsimlanishi kerak edi. 602 yil 23 noyabrda Mavrikiy Tsenturion (kichik harbiy lavozim) Foka boshchiligida qo’zg’olon ko’targan askarlar tomonidan taxtdan ag’darilgan.