Mavsumiy shamollar
Mavsumiy shamollar – fasldan faslga o`z yo`nalishini o`zgartiradigan shamollar. Quruqlikning yilning issiq faslida tez isib, havo bosimining keskin kamayishi va ayni paytda okeanlarda salqinroq bo`lib, havo bosimining kattaligi natijasida quruqlik bilan okean o`rtasida esib turadi. Qishda quruqlikdan okeanga, yozda okeandan quruqlikka tomon esadi. Mavsumiy shamollar hukmron o`lkalarda (Sharqiy, Janubiy Osiyo, Janubi-Sharqiy Avstraliya va h.k.) qishning qurg`oqchil, yozning sernam kelishiga sabab bo`ladi.