Maxmudov Mirxalil
Maxmudov Mirxalil (1947.2.1, Toshkent) — kompozitor, O’zbekiston Respublikasi san’at arbobi (2000). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1971). O’zbek davlat filarmoniyasi ijodiy jamoalari rahbari (1974-78), O’zbekiston davlat konservatoriyasida o’qituvchi (1983 y.dan), dosent (2000). Simfonik asarlaridan 3 ta simfoniya (1si “Navo”), skripka va simfonik or- kestr uchun kontsert, kamer orkestri uchun syuita, “D. Shostakovich xotirasiga” po- ema, “muhammas va ufor” I-III; shuning- dek, “Toshkent zamini” kantatasi (E. Vohidov), “ona madhi” poemasi, “va- tan Shahnozi”, “ona O’zbekiston”, “elga bahor keldi” va b. qasidalar, “Toshkent sadosi” oratoriyasi, “sindirilgan ko’za” (S. Jamol), “Davlat bolalari” (R. Muhammadjonov), “To’ylar muborak” (u. Hoshimov) kabi musiqali drama va kome- diyalariga, 50 dan ortiq kinofilmlar (“Kelinlar qo’zg’oloni”, “utgan kunlar”, “Chimildiq”, “Bulbul”, “Jaloliddin Mangu-berdi” va b.)ga musiqa bastala- gan. M.ning sara asarlari badiiy barka- molligi, milliy yorqinligi b-n ajralib turadi.