Maxsar

Maxsar (Carthamnus) — murak- kab-guldoshlarga mansub bir, ikki va ko’p yillik o’tsimon o’simliklar tur- kumi, moyli ekin. Aksariyati O’rta dengiz atroflari, G’arbiy va O’rta Osiyoda o’sadigan 19 turi ma’lum. Dehqonchilikda C.tinctorius (bo’yokli M.) turi ekiladi. Vatani — Efiopiya va Afgoniston. O’rta Osiyoda qadimdan, Misr, Hindi-ston, Xitoyda mil. AV., EV- ropada 18-a.dan etishtiriladi. Yovvoyi hoddao’sishi kuzatilmagan. Hindiston, Turkiya, Eron, Xitoy, Evropa mamlakat- lari, AQSh va b. mamlakatlarda, shuning- dek, O’rta Osiyoda faqat O’zbekistonda — Jizzax, Toshkent, Sirdaryo viloyat- larida (lalmi erlarida) ekiladi. Bir yillik issiqsevar, qurg’oqchilikka juda chidamli ekin. Bo’yi 60— 120 sm, poyasi silliq, barglari nashtarsimon, tikan- li va tikansiz. To’pguli savatcha, sariq, jigarrang. Mevasi pista, urugi oqish. 1000 dona urugi vazni 25-50 g. Asosan chetdan changlanadi. O’suv davri 95-135 kun. Tuproqtanlamaydi. Urugi 1-2° da una boshlaydi, maysalari -6, -7° sovuqqa bardosh beradi. Urugi tarkibida 47-61% gacha oziq-ovqatga ishlatiladi- gan moy bor. Moyi yuqori si-fatli Mar- Garin, texnikada oqsariq bo’yoq va emal- lar tayyorlashda ham ishlatiladi (1950 y.larga qadar M. gullaridan tabiiy bo’yoq olish uchun ekilgan). Kunjarasi chorva mollari uchun yaxshi ozuqa. M. almashlab ekishda kuzgi bug’doy va makkajo’xoridan keyin ekiladi. Er kuzda 25-30 sm chuqurlikda haydaladi. Urug’i kech kuzda yoki erta bahorda qatorlab (qator ora-si 30-45 sm) ekiladi. 1 ga maydonga 6-10 kg urug’sarflanadi. O’suv davrida o’toq qilinadi, kultivasiyalanadi (1-2 marta). 2 marta mineral o’g’itlar b-n oziqlantiriladi. Urug’i to’la etilganda don kombaynida o’rib-yig’ib olinadi. Hosildorligi 8-14 ts/ga va undan ortiq. O’zbekistonda 1950 y.dan Milyutinskiy 114 navi ekiladi. Zararkunandalari: maxsar ka-palagi, maxsar filchasi; kasalliklari fuzarioz, zang kasalligi. Ad.: Momot Ya G., Kultura saflora v Uzbekistane, T., 1956. Halima Otaboeva.