MAXSUS AUDITORLIK TOPSHIRIG’I

MAXSUS AUDITORLIK TOPSHIRIG’I – auditorlik tashkiloti bilan tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan rasmiy buxgalteriya hisobotidan farqli bo’lgan maxsus hisobotning tekshirish yoki buyurtmachi bilan kelishilgan boshqa tekshirishlarni amalga oshirish. Bunday vazifa buxgalteriya hisobotining alohida maxsus moddalarini tekshirish, mulk holati, kapitaldan foydalanish va xo’jalik yurituvchi subyektning moliyaviy-xo’jalik faoliyati bilan bog’liq bo’lgan boshqa masalalar bo’yicha tekshiruvlar o’tkazishni o’z ichiga olishi mumkin. Maxsus auditorlik vazifasi haqida shartnoma auditorlik tashkiloti va xo’jalik yurituvchi subyekt yoki uning buxgalteriya hisobotidan foydalanuvchi manfaatdor shaxs yoxud davlat organi ishtirokida tuziladi.