Mayna

Mayna (Acridotheres tristis) — chumchuqsimonlar turkumi shaqshaqlar oilasiga mansub qush. Tanasiping orqa va qorin tomoni qo’ngir, tumshugi va ko’zlarining atrofi sariq. Qapotlari- Ping ostki qismi ola. Dumi va qanoti kalta, boshi nisbatan yirik. Tanasining uzunligi 25 santimetrgacha, vazni 40-60 gramm. Daraxtlar, ba’zan binolar devorilagi kovaklarga, jarliklardagi yoriqlarga uya qo’yadi. Bir yilda 2-3 marta bola ochadi; 4-5 ta tuxum qo’yadi. Tuxumlarini 2 hafta bosadi, tuxumdan chiqqan bolalari 25 kunda uchirma bo’ladi. Mayna o’troq qush. Hindiston, Pokiston, Myanma, Afg’oniston, O’rta Osiyo mamlakatlari va boshqalarda tarqalgan. O’zbekistonda 20-asrning 50-yillarida tarqala boshlagan; hozirgi hamma hududlarda uchraydi. Hasharotlar bilan oziqlanib, qishloq xo’jaligiga foyda keltiradi; ba’zan pishgan mevalarni cho’qiydi.