Mazhab

Mazhab-shariat mazhablari; islomda diniy huquq tizimlari va yo’nalishlari. VIII-IX asrlarga kelib, shariatning shakllanishi jarayonida huquqshunoslik – fiqh sohasida juda ko’p mazhablar yuzaga kelgan. Hozirgi vaqtda sunniylikda 4 ta mazhab – xanafiya, malikiya, shofi’i, hanbaliya; shialikda bitta mazhab – ja’fariya saqlanib qolgan. Shariat mazhablari diniy sektalardan farq qiladi. Mazhablar umuman diniy huquq doirasidan chiqmagan holda, shariat masalalarida yengilroq yoki qattiqroq hukm chiqarishlari bilan bir-biridan farq qiladi. Hozir O’rta Osiyoda hanafiya mazhabi hukmron.