Mbabane

Mbabane — Svazilend poytaxti. Xoxo okrugi ning ma’muriy markazi. Mamlakatning shim.-g’arbida, Ndimba tog’lari etagida, 1150 m balandlikda joylashgan. Aholisi 40 ming kishidan ziyod (1990 y.lar o’rtalari). Iyulning o’rtacha t-rasi 12°, yanv.niki 24°. Yillik yog’in o’rtacha 1400 mm. Avtomobil yo’li orqali Maputu (Mozambik) porti b-n boglangan. Metallsozlik, oziq-ovqat, tikuvchilik sanoati korxonalari mav- jud. Q.x. mahsulotlari qayta ishlanadi. M. yaqinidan asbest qazib olinadi. Un-t, kutubxona bor. Shaharga 17-a.ning oxiri — 18-a.ning boshlarida asos solingan. 1903-68 y.lar Svazilend Britaniya Pro- tektoratining ma’muriy markazi.