Medavar (Medawar) Piter Brayan
Medavar (Medawar) Piter Brayan (1915.28.2, Riode Janeyro -1987.2.10) — ingliz biologi, London Qirollik ja- miyatining a’zosi (1949). Oksford unti- ning Modlin kollejini tugatgan (1938). Ilmiy izlanishlari to’qimalarni o’stirish muammolari, shuningdek, orga- nizmning to’qimalarni ko’chirib o’tkazish (trans-plantasiya)ga beradigan javob reaktsiyasini tadqiq etishga oid. U “ort- tirilgan immunologik tolerantlik” hodisasini kashf etgan. M. “Individi- umning noyobligi” (1957), “insonning kelajagi” (1960) va b. falsafiy asarlar muallifi. Nobel mukofoti laureate (1960, M. Byornet b-n hamkorlikda).