Medeya
Medeya — Kolxida malikasi. M. ismi argonavtlar haqidagi yunon mifo- logiyasi b-n uzviy bog’liqtsir. M. afsun- garlikni onasidan o’rgangan. Yason bosh- chiligidagi argonavtlar oltin terini olib ketish uchun Kolxidaga kelishganda Gera va Afrodita M. qalbida Yasonga nisbatan muhabbat olovini yoqqanlar. M.ning mo”jizakor surtma malhami Yasonni qudratli va o’tda yonmas qiladi, u olov purkayotgan buqalarni o’ziga bo’ysundiradi, ular b-n katta dalani haydaydi; M. afsun qilib oltin teri- ni qo’riqlayotgan ilonni uxlatib qo’yadi va Yason oltin terini qo’lga kiritadi. Kelishuvga ko’ra, M.ning xizmatlari evaziga Yason unga uylanishi va o’zi b-n Yunonistonga olib ketishi lozim edi. Ancha mashaqqatlarni engib ular Yuno- nistonga etib olganlar. M. Yason b-n 10 yil turmush kechirgach, Yason unga xiyonat qilgan. Bundan g’azablangan M. uning yosh qallig’ini va otasini o’ldirgan. Bunda u kelinga qilingan sovg’a — zaharlangan ko’ylak va tojdan foyda- langan. Shu zahoti M. Yasondan bo’lgan o’zining ikki farzandini ham o’ldirgan, o’zi esa ajdarho qo’shilgan aravada Afi- naga, Egey huzuriga qochgan. Mifning bir variantiga ko’ra, M. Kreont vafot etgach, Korinf pod-shosi bo’lgan; krrin- Flik ayollar yovvoyi va afsungar M.ning hukmronligidan xalos bo’lish uchun uning 14 bolasini Akrandagi M. panoh topgan Gera mehrobi yonida o’ldirganlar. Afinada.M. Egeyga o’g’il farzand — Med- ni tug’ib beradi. Biroq shohning o’g’li Te- zeyni zaharlashga harakat qilgani uchun u erdan ham haydalgan. M. umrining oxirgi damlarini o’g’li b-n Kolxidada o’tkazgan. Bu erda u otasini qayta taxt- ga o’tqazgan, uning dushmani — amakisi Persesni esa o’ldirgan; boshqa bir rivo- yatga ko’ra, Kolxida podshoxligini u o’g’li Medga bergan, uning nomidan ular bosib olgan mamlakat Mediya (Midiya) deb atal- gan.