Mehnat bozori

Mehnat bozori — ish kuchi oldi- sotdi qilinadigan bozor. M. b.ning ish- tirokchilari ishga yollovchilar, ishga yol- lanuvchilar va ular o’rtasidagi turli vo- sitachilar hisoblanadi. Turli vositachi firmalar, tashkilotlar va agentliklar M. b.ning infratuzilmasini tashkil etadi. Ish kuchi maxsus tovar sifatida uning sohibi tomonidan bozorga taklif etiladi. Ishga yollovchilar M. b.ga talab b-n chiqadi. Ish kuchining oldisotdisi bevosita xaridor b-n sotuvchi o’rtasida to’g’ridan to’g’ri yoki vositachilar ishtiro- kida yuz berishi mumkin. Bu ishni mehnat birjasi yoki ish topib beruvchi firmalar bajaradi. Ish kuchining oldisotdisi mehnat bitimi shaklida rasmiylashti- riladi. M. b.da ish kuchini sotuvchi b-n uni oluvchi o’rtasida mehnatning keli- shilgan narxi — ish haqidkr. Mehnatga talab uning narxi bo’lmish ish haqi miqsoriga nisbatan teskari mutanosiblikda, ya’ni ish haqi oshsa mehnatga talab qisqaradi, agar u pasaysa, mehnatga talab oshadi. M. b.dagi mehnat taklifi ish haqiga nisbatan to’g’ri muta- nosiblikda bo’ladi. Moddiy muhtojlik sharoitida ko’p ishlab, ko’p pul topishga intilish mehnat taklifini oshiradi. M. b.da mehnatga talab taklifdan oshib ketsa ish kuchi taqchilligi, mehnat taklifi talabdan ko’p bo’lsa ishsizlik paydo bo’ladi. M. b.ning turlarga ajralishi uning xarakteri va ko’lamiga bog’liq. M. b. oshkora va yashirin xarakterda faoli-yat ko’rsatishi mumkin. O’z ko’lamiga qarab M. b. mahalliyhududiy, milliy va jahon bozorlaridan iborat. Globalizasiya sha- roitida moddiy resurslarni mamlakat- lararo taqsimlanishiga mos ravishda mehnat resurslari ham taqsimlangani sababli jahon M. b. tez rivojlanadi. Iqtisodiyoti kuchli mamlakatlar milliy M. b.da kelgindilar mehnati taklifi tez usadi, narxi arzonligidan unga ta- lab ham ortadi. 2000 y.da er yuzida o’zi tug’ilgan yurtida ishlamaydiganlar soni 80 mln. nafardan ziyod bo’ldi. Xalqaro M. b. kengayishi rivojlangan mamlakatlar- da o’zga millat diasporasi o’sishiga olib keladi (mas, 2002 y. AQShdagi xitoyli- klar 15 mln. nafardan ortiq bo’lgan). Ahmadjon O’lmasov.