Mehnat daftarchasi
Mehnat daftarchasi – xodim – ning mehnat faoliyati to’g’risidagi aso- siy hujjat. O’zR mehnat kodeksiga ko’ra, ish beruvchi korxonada 5 kundan ortiq ishlayotgan xodimlarning hammasiga M.D.ni tutishi shart (o’rindoshlik asosi- da ishlovchilar bundan mustasno). M.D.ga xodim, u bajarayotgan ish haqidagi ma’- lumotlar kiritiladi. Jazolar M.D.ga yozilmaydi. Mehnat shartnomasi (kon- trakti) xodimning tashabbusi b-n ka- salligi, nogironligi, qarilik tufayli pensiyaga ketishi, oliy yoki o’rta maxsus o’quv yurtiga yoxud aspiranturaga kir- ganligi va qonun muayyan imtiyozlar, af- zalliklar berishni nazarda tutadigan boshqa sabablarga ko’ra bekor qilinganda, M.D.ga ishdan bo’shash haqidagi yozuv ushbu sabablarni ko’rsatgan holda yoziladi. Xo- dim ishdan bo’shaganda M.D. unga ishdan bo’shash kunida beriladi.