Mehnat psixologiyasi

Mehnat psixologiyasi – in- sonning mehnatga munosabati, mehnat faoliyatining qonuniyatlari va uning rivojlanishini tadqiq qiladigan psi- xologiya sohasi. M.p. mehnatda shaxsning faoliyati, bo’sh vaqti, dam olishining i.ch.ga ta’sirini ham o’rganadi. M.p. ne- mis-amerikalik psixolog g. Myunster- Berning (1863-1916) “psixologiya va ishlab chiqarish unumdorligi” (1913) va “Psixotexnika asoslari” (1914) Kito- blari chiqqan davrdan boshlab alohida soha sifatida vujudga kelganligi e’- tirof etilgan. M.p.ning asosiy vazi- fasi i.ch. munosabatlarini yaxshilash, mehnatkashlarga zarur shart-sharoit yaratib berish, kasb layoqatini aniqlash, kasb kasalliklarining, i.ch.da jismoniy falokatlarning, psixologik stress, to- likish va zo’riqish holatlarining oldi- ni olishdir. Ergash G’oziev.