MEHNATGA QOBILIYATSIZLIK
MEHNATGA QOBILIYATSIZLIK – mehnat qilish qobiliyatining yo’qolishi yoki mehnatga yaroqsizlik. Odatda, ka- sallik, baxtsiz hodisa, uy-ro’zg’or yumushlari, i.ch. (q. Kasb kasalliklari), homiladorlik, tug’ish, keksalik va b. sa- bablarga ko’ra, kishi mehnat qobiliyatini yo’qotadi. Doimiy va vaqtincha M.q. ta- fovut qilinadi. Doimiy M.q. — nogironlikdir – vaqtincha M.q. to’liq yoki qisman bo’lib, qisqa mud- datda mehnat qobiliyati tiklanishi mumkin. Vaqtincha to’liq M.q.da biror ishga qobiliyat yo’qoladi va bemor uyda davolanadi. Sog’aygach, yana ishini da- vom ettiraveradi. Qisman vaqtincha M.q.da bemor odatdagi ishni bajara ol- maydi, ammo sog’ligiga putur etmagan holda boshqa ishni bajarishi mumkin. Vaqtincha M.q.ni vrach belgilaydi va mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi (ish- dan ozod qilish va vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo’yicha nafaqa olish huquqini beradi) yoki ishdan va o’qishdan ozod qiladigan ma’lumotnoma berib ras- miylashtiradi. Kasallik yoki i.ch. va tur- mushda yuz beradigan baxtsiz hodisalar oqibatida M.q. nafaqa ta-yinlashda, ish sharoitini belgilash, soliq to’lash, maishiy va tibbiy xizmat ko’rsatish yuzasidan turli imtiyozlar berishda (q. Sug’urta) asosiy omil hisoblanadi.