MEHNATGA QOBILIYATSIZLIK VARAQASI

MEHNATGA QOBILIYATSIZLIK VARAQASI, kasallik varaqasi (Byul- leten) — ishchi yoki xizmatchi vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz bo’lganda ishlamay turib nafaqa olish huquqini beradigan hujjat. Davlat Su-g’urtasi (q.Sug’urta) to’g’risidagi qonunga muvofiq bar- cha ishchi va xizmatchilarga kasal bo’lganda, baxtsiz hrdisa yuz berganda, homiladorlikda, tug’ishdan keyin, bemor bola yoki boshqa oila a’zolarini parva- rish qilganda, ba’zan sanatoriy va ku- rortlarda davolanganda ishlamay turib nafaqa olish huquqini beradi. Dastlab M.q.v. ma’lum muddatga (6 kungacha) beri- ladi. Uni ana shu muddatidan ortiq kunga vrachlar konsultasiya komissiyasi (VKK) uzaytiradi. Homiladorlik va tug’ish bo’yicha M.q.v.ni ayollar maslahatxonasi yoki tug’ruqxona vrachi beradi, mudsatini ham o’zi belgilaydi.