Mehribonlik uylari

Mehribonlik uylari – etim va ota-onalarining yoki boshqa qonuniy vakillarining vasiyligisiz qolgan bo- lalar uchun davlat tomonidan ochilgan ta’lim tarbiya muassasasi. Etim yoki qonuniy vasiylar qaramog’ida bo’lmagan bolalar, ota-onalari sud hukmi b-n ota- onalik huquqidan mahrum qilingan, ota- onalari voz kechgan bolalar uchun tash- kil qilingan. M.u.da 3 yoshdan 16 yoshgacha bo’lgan sog’lom bolalar yashashi va tarbi- yalanishi uchun zarur sharoitlar yaratila- Di. M.u.da tarbiyalanuvchilarni o’qitish va boqish to’la davlat ta’minoti asosida belgilangan tartibda amalga oshirila- Di. M.u. 3-7 yoshli bolalar uchun bolalar botasi tartibida, 7-16 yoshli bolalar uchun umumiy o’rta ta’lim maktabi tarti- bida ishlaydi hamda maktab ta’limtar- biyaviy dasturiga muvofiq ish olib bora- Di. M.u.da tarbiyalanuvchilarning maktab o’quv dasturini to’liq o’zlashtirishlari, ularning mehnat ko’nikmalarini shak- llantirish va mustahkamlash, jismoniy kamol topishlari, axloqiy hamda estetik tarbiya olgan barkamol shaxslar bo’lib etishishlari ta’minlanadi. Tshuningdek, yuqoridagi maqsadlarga qaratilgan ma’- naviyma’rifiy, madaniy-ommaviy tad- birlar olib boriladi. M.u. O’zbekistonda dastlab 1918 y. etimxonalar asosida bolalar uyi nomi b-n tashkil etilgan. 2-jahon urushi yil- larida jangchilarning bolalari uchun maxsus bolalar uylari ochilib, ular- da Ukraina, Belorussiya, Litva, lat- viya, Estoniya, Moskva, Leningrad va b. shaharlardan keltirilgan bolalar tar- biyalandi. 1995 y.dan M.u. deb nomlandi. 2002 y. O’zbekistonda 27 M.u. ishladi, ularda 3650 bola tarbiyalandi.