Mehrob
Mehrob (lotincha Aga) — osmon sferasining Janubiy yarim sharidagi yulduzlar turkumi. Eng yorug’ yulduzlari 2,8 va 3,0 vizual yulduz kattaligida. Aqrab, Janubiy toj, teleskop, Tovus va janubiy uchburchak yulduz turkumlari oralarida joylashgan. O’zbekistonda iyun — iyul oylarida ko’rinadi.