Mejov Vladimir Izmailovich
Mejov Vladimir Izmailovich [1830.17(29).5, Saratov – 1894.17(29).5, Peterburg)] — bibliograf. Peterburg ommaviy kutubxonasida ishlagan (1851— 60). M. tarix, geogr., etnografiya, huquq, adabiyotga oid bir qancha bibliografik asarlar yaratgan. Uning, ayniqsa, 416 jildli O’rta Osiyo va Turkiston o’lkasiga oid asarlar va maqolalar to’plami — “Turkiston to’plami” mashhur (unga ilova etilgan 3 jildli sistemali va al- favitli ko’rsatkich ham mustaqil bibli- ografik ahamiyatga ega). Bu to’plam O’rta Osiyoning hamma sohasiga oid 1867-87 y.lardagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan eng boy manba hisoblanadi. Mazkur asar Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston milliy kutubxonasi fondida saqlanadi. As: bibliografiya Azii, 1-2-j.lar, T., 1891-94. Ad.: Kasimova A. G., Bibliotechnoe delo v Uzbekistane, T.. 1968.